Missiyamiz
O'zbekistonda tajribali mutaxasis topish ko'pincha og'iz-quloq orqali, tanish-bilish asosida amalga oshirilardi. Bu esa ko'p vaqt, noaniqlik va xavflarni keltirib chiqarardi.
Gridion.uz shu muammoni hal qilish uchun yaratildi. Platforma mijoz va mutaxasisni to'g'ridan-to'g'ri, shaffof va qulay tarzda bog'laydi — ikki tomonga ham foyda keltiradi.
Bizning maqsadimiz — O'zbekistonning har bir burchagida har kimga sifatli mutaxasis topish imkoniyatini berish.
Qadriyatlar
Platformaning har bir xususiyati shu qadriyatlar asosida qurilgan.
Har bir mutaxasis va mijoz haqiqiy reytinglar va sharhlar orqali baholanadi. Soxta baho va firibgarlikka qarshi himoya mavjud.
E'lon bergandan so'ng daqiqalar ichida mutaxasislar murojaat qiladi. Push bildirishnomalar orqali hech narsani o'tkazib yubormaysiz.
Toshkentdan Nukusgacha — butun O'zbekiston bo'ylab mutaxasislar va mijozlarni bir platformada birlashtiramiz.
Har bir mutaxasis narxini profilida ko'rsatadi. Yashirin to'lovlar yo'q — kelishuv to'g'ridan-to'g'ri mutaxasis bilan.
App Store yoki Play Market shart emas. PWA texnologiyasi orqali telefonga o'rnatib, ilovadek foydalaning.
Ma'lumotlaringiz shifrlangan (HTTPS/TLS). Parollar bcrypt algoritmi bilan saqlanadi. Maxfiylik siyosatimiz qat'iy.
Kelishuv tizimi
Chat emas — strukturali kelishuv. Narx, vaqt va format kelishilgandan keyin chat ochiladi. Har bir taklif tarixda saqlanadi.
Mutaxasis ariza beradi
1-qadamVaqt, narx va ish formatini (offline/online) belgilab ariza yuboradi.
Mijoz kelishadi yoki qayta taklif beradi
2-qadamShartlarga rozi bo'lsa qabul qiladi. Mos kelmasa — o'z narxi va vaqtini taklif qiladi.
Kelishuv tarixi saqlanadi
3-qadamKim nima taklif qilgani aniq ko'rinadi. Nizo va tushunmovchilik bo'lmaydi.
Kelishilgandan keyin Chat ochiladi
4-qadamShartlar aniq bo'lgach, ikkalasi chat orqali muloqot qiladi. Ish boshlanadi!
📋 Savdo namunasi
Kelishuvdan keyin 💬 Chat avtomatik ochildi
Telefon qo'lingizdami yo'qmi — muhim voqealardan doim xabardor bo'lasiz.
Yangi e'lon
Sizning sohangizdagi yangi e'lon kelganda darhol xabar beradi
Ariza qabul qilindi
Mijoz arizangizni qabul qilganda bildirishnoma olasiz
Ish tugallandi
Ish yakunlanganda va baho berish vaqti kelganda eslatadi
Yangi xabar
Chat orqali kelgan har bir xabarni darhol ko'rasiz
📱 PWA — Ilovasiz o'rnating
Gridion.uz PWA texnologiyasi asosida ishlaydi. Saytni bir marta ochib, telefoningizga o'rnating — xuddi ilovadek ishlaydi.
Yangi e'lon
hozirToshkentda mutaxasis kerak — narx kelishiladi
Sohalar
Qurilishdan IT gacha, oshpazdan huquqshunosgacha — har soha bo'yicha mutaxasis topasiz.
Qurilish
26 mutaxassis
Pardoz & Bezak
16 mutaxassis
Santexnik & Elektrik
11 mutaxassis
Duradgor & Mebel
10 mutaxassis
Maishiy texnika
10 mutaxassis
Transport & Texnika
20 mutaxassis
IT & Texnologiya
15 mutaxassis
Qishloq xo'jaligi
16 mutaxassis
Tikuvchilik & Hunarmandlik
16 mutaxassis
Oziq-ovqat & Xizmat
12 mutaxassis
Go'zallik & Salomatlik
18 mutaxassis
Tibbiyot & Parvarish
10 mutaxassis
Ta'lim & Sport
10 mutaxassis
Biznes & Huquq
9 mutaxassis
Tozalash & Xavfsizlik
9 mutaxassis
Media & Tadbirlar
9 mutaxassis
Qamrov
Barcha viloyat va tumanlarda mutaxasislar va mijozlar bir platformada. Shahar yoki qishloqda bo'lishingizdan qat'i nazar — yaqin hududdagi mutaxasis topiladi.
Tarix
O'zbekistonda ishonchli mutaxasis topish qiyinligi muammosini hal qilish uchun Gridion.uz loyihasi boshlandi.
E'lon berish, ariza qabul qilish, strukturali kelishuv tizimi, chat va push bildirishnomalar ishlab chiqildi.
Mart 2026 — Gridion.uz butun O'zbekiston bo'ylab foydalanuvchilarga ochildi.
Yangi sohalar, tuman qamrovi kengaytirilmoqda. Foydalanuvchilar soni o'smoqda.
Savol-javob
O'zbekiston foydalanuvchilaridan eng ko'p kelgan savollar
Platforma ikki tomonlama ishlaydi: mutaxasis kerak bo'lganlar (mijozlar) e'lon beradi, mutaxasislar esa o'z sohalari bo'yicha arizalar yuborib ko'proq daromad qiladi.
E'lon berish to'liq bepul. Mutaxasislar "kalit" sotib olib, o'z arizalarini ko'proq mijozlarga yetkazishi mumkin.
Ha. Barcha ma'lumotlar HTTPS orqali uzatiladi, parollar bir tomonlama hash algoritmi bilan saqlanadi. Batafsil — maxfiylik siyosatimizda.
Mutaxasis ariza beradi, narx va vaqtni belgilaydi. Mijoz qabul qiladi yoki qayta taklif beradi. Kelishuv tarixi saqlanadi — nizo bo'lmaydi. Kelishuvdan so'ng chat avtomatik ochiladi.
PWA (Progressive Web App) — ilovani App Store yoki Play Marketsiz telefoningizga o'rnatish imkonini beradi. Saytni ochib, brauzer menyusidan "Bosh ekranga qo'shish" tugmasini bosing.
Ha, to'liq bepul. Bildirishnomalarni yoqish uchun saytga kirib, ruxsat bering. Shundan so'ng yangi e'lon, ariza va xabarlar haqida SMS singari bildirishnoma olasiz.